» » AQShda 50 kishini o‘ldirib, qamoqqa tushgan seriyali qotilni do‘pposlab o‘ldirishdi

AQShda 50 kishini o‘ldirib, qamoqqa tushgan seriyali qotilni do‘pposlab o‘ldirishdi


“O‘lim farishtasi” taxallusi bilan tanilgan amerikalik seriyali qotil Donald Xarvini 50 kishini o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan turma kamerasida do‘pposlab o‘ldirishdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Donald Xarvi 1970—1980-yillarda Ogayo va Kentukki shtatlaridagi kasalxonalarda sanitar bo‘lib ishlagan. O‘z qurbonlarining ko‘pchiligini ularning ovqatiga zahar qo‘shish yo‘li bilan o‘ldirgan. Ba’zi bemorlar esa jinoyatchi ularning sun’iy nafas olish apparatini uzib qo‘yganidan keyin nafasi qaytib o‘lgan.

Uning qurbonlaridan birini yorish vaqtida anatom-patolog zaharlovchi modda hidini sezib qolgach, Xarvining jinoyatlari oshkor bo‘lgan. U bir necha marta umrbod qamoqqa mahkum etilgan va Ogayodagi Tolido shahar qamoqxonasida jazosini o‘tayotgan bo‘lgan.

Noma’lum kishi 64 yoshli Xarvining kamerasiga kirib, uni do‘pposlagan. Ikki kundan so‘ng u olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют