» » Turkiyada Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirishda ayblanayotgan 47 kishini sud qilish boshlandi

Turkiyada Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirishda ayblanayotgan 47 kishini sud qilish boshlandi


Turkiyaning Mugle shahrida 2016-yil iyulida davlatni to‘ntarishga urinish chog‘ida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga nisbatan suiqasd haqidagi ish bo‘yicha sud boshlandi, deb yozadi Meduza.

Ish bo‘yicha 47 kishi ayblanmoqda, ularning ko‘pchiligi to‘ntarish kechasi prezident bo‘lgan Marmaris mehmonxonasini qo‘lga olishga uringan. Ular umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin, deb yozadi Daily Sabah.

Uch kishi sirtdan sudlanadi; Daily Sabah ma’lumotlariga ko‘ra, ular orasida AQShda yashovchi islom dini targ‘ibotchisi Fathulla Gulen ham bor, uni Turkiya hukumati isyon rahnamosi deb atab kelayotgan edi; sudi ishi figurantlariga, shu jumladan, u rahbarlik qiladigan terrorchilik tashkilotida ishtirok etish aybi ham qo‘yilmoqda.

Reuters yozishicha, sudlanuvchilardan biri sudda isyonchilar oldida Erdo‘g‘onni o‘ldirish vazifasi turmaganini aytdi. “Mening missiyam prezidentni qo‘lga olib, uni eson-omon holda Akinji harbiy-havo kuchlari bazasiga (davlat to‘ntarishi ishtirokchilarining qarorgohi o‘sha yerda joylashgan edi) yetkazishdan iborat edi”, — dedi u.

Sud binosi yonida 200 ga yaqin kishi to‘plandi, ular sudlanuvchilar uchun o‘lim jazosini talab qildi.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют