» » Toshkent aeroportida taksi chaqirish uchun infokiosklar va ko‘p qavatli avtoturargoh paydo bo‘ladi

Toshkent aeroportida taksi chaqirish uchun infokiosklar va ko‘p qavatli avtoturargoh paydo bo‘ladi


Toshkent xalqaro aeroportida taksi chaqirish uchun infokiosklar o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 28-fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida poytaxt hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Tillayev aytib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“Birinchi navbatda biz aeroportga infokiosklar qo‘ymoqchimiz, turistlar u yerga murojaat qilib, taksi chaqira oladi, — dedi Alisher Tillayev. — Aeroport hududida taksi vakillari ishlaydi. Avtoturargohga biz taksichilarni tartibsiz ravishda qo‘ymaymiz. Taksini mobil dastur orqali chaqirish mumkin bo‘ladi. Unda albatta taksometr va qat’iy belgilangan, shaffof narxlar bo‘lishi kerak”.

Hokim o‘rinbosari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan ko‘p qavatli avtoturargoh qurish imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini aytdi. “Milliy aviakompaniya avtoturargoh uchun yer ajratib berishi bilan, bu masalani bir-ikki oyda hal qilish mumkin”, — dedi Alisher Tillayev.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” bosh direktori birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Umid Hasanov qo‘shimcha qilishicha, aeroport vokzal oldi maydonida taksi xizmatlarini qonuniy ravishda taqdim etuvchi kompaniyalar uchun joy ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют