» » Toshkent aeroportida ikkinchi aerovokzal ishga tushiriladi

Toshkent aeroportida ikkinchi aerovokzal ishga tushiriladi


Toshkent aeroportida mahalliy liniyalar eski terminali negizida ikkinchi aerovokzal majmuasi qurilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” bosh direktori birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Umid Hasanov Xalqaro press-klub majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

O‘tkazish qobiliyati soatiga 500 yo‘lovchini tashkil qiluvchi aerovokzal ikki oy ichida ishga tushiriladi. Bu yerda yo‘lovchilarning bojxona va chegara nazoratidan tezkorlik bilan o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Joriy xalqaro terminal “mavjud kamchiliklar bartaraf qilingan holda” o‘z ishini davom ettiradi.

Yo‘lovchilar yetarli miqdordagi yuk aravachalari bilan ta’minlanadi. To‘rtta yuk tasmalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda, ularning tepasida yuk yetib kelgan reys ko‘rsatiladi.

“Texnologik jarayonlar darajasi xalqaro standartlargacha yetkaziladi”, — deya ta’kidladi “O‘zbekiston havo yo‘llari” rahbariyati vakili.

Avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida taksi chaqirish uchun infokiosklar o‘rnatish va ko‘p qavatli avtoturargoh qurish rejalashtirilayotgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют