» » Jirinovskiy o‘zi saylangan taqdirda “eng shafqatsiz diktatura”ni va’da qildi

Jirinovskiy o‘zi saylangan taqdirda “eng shafqatsiz diktatura”ni va’da qildi


Rossiya prezidentligiga nomzod Vladimir Jirinovskiy saylovoldi munozaralar chog‘ida o‘zi saylangan taqdirda, eng shafqatsiz diktaturani va’da qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Men kuch ishlatish uslubi bilan mamlakatdagi vaziyatni o‘zgartiraman, men barchani — oligarxlarni va o‘g‘rilarning hammasini jazolayman, chet eldan pullarni qaytaraman. Demokratiya sharoitida bu imkonsiz, men eng shafqatsiz diktaturani joriy qilaman. Keyinroq, hamma narsa tinchlanganidan so‘ng, biz boy davlatga aylangach, ikkita qudratli partiya tuzamiz. Va har safar ushbu partiyalardan turli nomzodlar prezident bo‘ladi”, — dedi Jirinovskiy “Birinchi kanal”dagi munozaralar chog‘ida.

Rossiyada prezident saylovi 18-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Unda nomzod sifatida qatnashish uchun sakkiz kishi, shu jumladan, Rossiya Liberal-demokratik partiyasidan Vladimir Jirinovskiy, “Fuqarolik tashabbusi”dan Kseniya Sobchak va mustaqil nomzod Vladimir Putin rasman ro‘yxatdan o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют