» » Daniyalik arxitektor Yan Geyl Toshkentning 8 ta tumani uchun bosh reja tayyorlaydi

Daniyalik arxitektor Yan Geyl Toshkentning 8 ta tumani uchun bosh reja tayyorlaydi


Dunyoga mashhur daniyalik arxitektor Toshkentni obodonlashtirish bo‘yicha bosh rejani tayyorlaydi, deb yozadi “Gazeta.uz” poytaxt hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Tillayevga tayanib.

Shaharlarda jamoat joylarini rejalashtirish va hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha ekspert Toshkent ma’muriyatiga poytaxtning 11 ta tumanidan 8 tasida yashil hududlarni loyihalashtirish va ularni piyodalar uchun qulay qilishda yordam beradi.

“Yan Geylning o‘tgan yilgi master-klassi natijalari bo‘yicha biz shaharni o‘zgartirish borasida birga ishlash haqida kelishib olgan edik. Texnik vazifani imzoladik, hozir shartnoma ustida ishlayapmiz”, — dedi hokim o‘rinbosari.

Shartnomaning umumiy qiymati 395 ming yevroga teng. Buyurtmachi — Toshkent hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi. Loyihani amalga oshirish muddati — 12 oy.

Moliyaviy va shartnomaga oid masalalar mart oxirigacha yakunlanadi, so‘ng ishga kirishiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют