» » Nyu-York hukumati politsiya hijobni yechishni talab qilgan uch ayolga 180 ming dollar to‘laydi

Nyu-York hukumati politsiya hijobni yechishni talab qilgan uch ayolga 180 ming dollar to‘laydi


Nyu-York hukumati politsiya hijobni yechishni talab qilgan uch nafar musulmon ayolga 180 ming dollar to‘laydi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Ayollardan biri bilan bog‘liq muammoli vaziyat 2012-yilda yuz bergan edi. O‘shanda musulmon qiz maktabda o‘zi haqida gap tarqatayotgan ikki o‘quvchi qiz bilan janjallashib qolgan. Natijada politsiya janjal ishtirokchilarining barchasini hibsga olgan edi.

Huquq-tartibot organlari xodimlari holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atmadi, biroq ular hibsga olingan qizlarni suratga tushirib oldi. Buning uchun esa politsiyachilar musulmon qizdan hijobini yechishni talab qildi. Qiz esa o‘zining diniy huquq va erkinliklari buzilgani uchun politsiyachilarni sudga berdi.

Qizga sudda Taxani Abushi advokatlik qildi. U 2015—2016-yillarda ham xuddi shunday sud ishlarida ishtirok etdi. Natijada esa advokat himoyasidagi ayollarning har biri 60 ming dollar kompensatsiyaga ega bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют