» » Turkiya Afrinda operatsiya boshlangandan buyon 2 222 jangari yo‘q qilinganligini ma’lum qildi

Turkiya Afrinda operatsiya boshlangandan buyon 2 222 jangari yo‘q qilinganligini ma’lum qildi


Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin shahridagi operatsiyalar davomida PYD (“Demokratik ittifoq” kurd partiyasi), YPG (kurdlar o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari), shuningdek, IShID guruhining 2 222 a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda 1-mart, payshanba kuni Turkiya bosh shtabi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“ ‘Zaytun novdasi’ operatsiyasi boshlangandan buyon PYD, YPG va IShID terrorchilik tashkilotlarining 2 222 a’zosi yo‘q qilindi”, — deyiladi bosh shtab bayonotida.

Anadolu agentligining xabariga ko‘ra, Turkiya Qurolli kuchlari Afrinning shimoli-g‘arbida joylashgan Shayx Mehmetli qishlog‘ini nazorati ostiga olgan.

Avvalroq bosh shtab turk armiyasining Afrindagi operatsiya boshlangandan buyon yo‘qotishlari — 33 kishi halok bo‘lganligi va 150 dan ortig‘i jarohat olganligini ma’lum qilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют