WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Pikassoning kartinasi Londondagi Sotheby’s auksionida qariyb 70 mln dollarga sotildi
Pikassoning kartinasi Londondagi Sotheby’s auksionida qariyb 70 mln dollarga sotildi
Taniqli musavvir Pablo Pikassoning “Mariya-Tereza Valter” nomli kartinasi Londondagi Sotheby’s auksion uyida 69,4 million dollarga sotildi, deb xabar beradi “TASS”.
Ushbu san’at asari “Gernika” kartinasi chizilgan 1937-yilda yaratilgan. Unda Pikassoning sevgilisi va ilhom parisi tasvirlangan.
Valter portreti avvalroq Gonkong va Nyu-Yorkda ham namoyish etilgan edi. 22-fevraldan 28-fevralga qadar san’at asarining Londondagi auksioni bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, bir kun avval Christie’s auksionidagi savdolarda ham Pikassoning ikki kartinasi yetakchilik qilgan edi.
Manba: Daryo.uz
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?