» » 2018-yil uchun paxta xomashyosi va boshoqli ekinlarning davlat narxlari belgilab berildi

2018-yil uchun paxta xomashyosi va boshoqli ekinlarning davlat narxlari belgilab berildi


“Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

Qaror bilan 2018-yil uchun paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar uchun davlat narxi belgilab berildi. Masalan, 1 tonna 1 toifali uzun tolali paxta uchun 5717240 so‘m, 1 toifali bug‘doyning 1 tonnasi uchun 1230570 so‘m narx kafolatlandi.

2018-yil 1-martdan boshlab mineral o‘g‘itlar faqatgina birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi. Fermer xo‘jaliklari uchun dizel yonilg‘isi 4600 so‘m etib belgilandi. Yil davomida bu narx o‘zgarmaydi.

Endilikda paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar yetishtirish uchun hokimlar tomonidan tasdiqlangan agrotexnik tadbirlar (karta) asosida oyma-oy to hosil yetishmaguncha kutilayotgan hosilning 60 foizigacha tijorat banklari tomonidan ochiladigan kredit liniyasi orqali avans beriladi.

Ajratilgan mablag‘dan maqsadli foydalanish maxsus ishchi guruh tomonidan kuzatib boriladi. Kutilayotgan hosilga ishonchsizlik bo‘lsa, tegishli dalolatnoma asosida pul berish to‘xtatiladi.

Shuningdek, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasiga 2018-yil 1-oktabrga qadar sug‘oriladigan yerlarni yalpi xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijalariga ko‘ra yer ball boniteti bazasini yangilash vazifasi yuklatildi.

Paxta va boshoqli ekinlar yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermerlar va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyatiga aralashish, ulardagi resurs, texnika va vositalarni boshqa ishlarga jalb qilish taqiqlanib, buning uchun tegishli mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka qadar bo‘lgan javobgarlikka tortilishi haqida qat’iy ogohlantirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 19:59)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют