» » O‘zbekistonda 2019-yilda 1 mln gektardan oshiq maydonga paxta ekiladi

O‘zbekistonda 2019-yilda 1 mln gektardan oshiq maydonga paxta ekiladi


2019-yilda g‘o‘zani navlari bo‘yicha joylashtirish va paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, 2019-yilda 1 million gektardan oshiq yer maydoniga paxta ekish rejalashtirilgan.

Hokimliklar va tegishli mas’ul tashkilotlarga 2019-yilda paxtadan qisqartirilgan yer maydonlariga paxtani qayta joylashtirmaslik bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

2019-yil hosilidan yetishtiriladigan o‘rta tolali g‘o‘zaning 2-sanoat navi 1-klass paxta xomashyosining har bir tonnasi uchun kafolatlangan davlat xaridining o‘rtacha narxi 4 000 000 so‘m etib belgilandi.

Andijon viloyatida 2019-yilda paxta hosili uchun 50 ming gektar maydonda plyonka ostiga chigit ekiladi.

2019-yil paxta hosili uchun ekishga mo‘ljallangan urug‘lik chigit “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati yoki paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotlari tizimi doirasida realizatsiya qilinganda yoki fermer xo‘jaliklariga sotilganda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestriga kiritilgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ekilishi belgilangan g‘o‘za navlarini mustaqil ravishda joylashtirish huquqi berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют