» » Toshkent kimyo-texnologiya institutida vinochilik fakulteti ochiladi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida vinochilik fakulteti ochiladi


Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab vinochilik sohasi uchun oliy malakali kadrlarni tayyorlovchi fakultet tashkil etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan, deb xabar beradi O‘zA.

Qarorga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zsharobsanoat” AJ Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab vinochilik sohasi uchun oliy malakali kadrlarni tayyorlovchi fakultetni tuzish va uning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari vinochilik sohasida mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyotni tizimli asosda bevosita ishlab chiqarish va o‘zga korxonalarda, shu jumladan “O‘zsharobsanoat”da o‘taydi.

Shuningdek, qaror bilan “O‘zsharobsanoat”ning o‘z mablag‘lari hisobidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzurida vinochilik sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 21:44)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют