» » O‘zbekistonda vino festivali va xalqaro degustatsiya tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda vino festivali va xalqaro degustatsiya tanlovi o‘tkaziladi


2018-yilning 1-mayigacha bo‘lgan muddatda O‘zbekistonning Xalqaro vinochilik va uzumchilik tashkilotiga kirishi uchun buyurtma berilishi ta’minlanishi lozim. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Mazkur qaror bilan “O‘zsharobsanoat” AJ (sobiq “O‘zvinosanoat-xolding” AJ) Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi tarkibiga kiritildi.

2018-yilning 1-iyulidan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga o‘z vinochilik mahsulotlarini turistik yo‘nalishlarida tashkil etilgan zavodga tegishli degustatsiya hududlarida (joylarida) chakana realizatsiya qilish huquqi beriladi.

Mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy turistlar, turli mamlakatlarning vinochilik sohasi vakillari, ekspert va mutaxassislarni keng jalb qilgan holda har yili respublikada vino festivali va xalqaro degustatsiya tanlovi o‘tkazilishi;

Mahalliy vinochilik mahsulotlarining ko‘rgazma-yarmarkalarini xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda o‘tkazilishi amaliyotga joriy etiladi.

“O‘zsharobsanoat” AJga bir oy muddatda 2018-yilda Toshkent shahrida vino festivali va xalqaro degustatsiya tanlovi o‘tkazilishi to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют