» » Germaniya elchixonasi harbiy attashesi Qurolli Kuchlar akademiyasida ma’ruza qildi

Germaniya elchixonasi harbiy attashesi Qurolli Kuchlar akademiyasida ma’ruza qildi


Qurolli Kuchlar akademiyasida Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy attashesi, podpolkovnik Yorg Fisher ma’ruza qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mamlakat Qurolli Kuchlarining dunyodagi yetakchi davlatlar armiyalari bilan harbiy hamkorlik dasturi doirasida tashkil etilgan tadbirda Germaniya qurolli kuchlari tuzilmalarining o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z bordi.

Yorg Fisher Germaniyada aholi keksayishi tufayli harbiy xizmat masalasida muammolar yuzaga kelayotgan bir paytda yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadigan O‘zbekistonda aksariyat yigitlar armiya xizmatiga intilayotganini ijobiy baholadi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi malaka oshirish fakultetining qo‘mondonlik bo‘g‘ini zobitlarini tayyorlash bo‘yicha oliy kurs tinglovchilari ma’ruzani katta qiziqish bilan tingladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 22:59)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют