» » Qozog‘iston elchixonasining harbiy attashesi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

Qozog‘iston elchixonasining harbiy attashesi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi


Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy attashesi, polkovnik Asker Baysenov Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Qurolli Kuchlar akademiyasi majlislar zalida harbiy xizmatchilar bilan o‘tkazilgan tadbirda harbiy attashe ma’ruzasi tinglandi. U o‘z so‘zida Qozog‘iston Qurolli Kuchlari tarkibi, tizimda olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan e’tibor, aholining, ayniqsa, yoshlarning harbiy xizmatga munosabati, mamlakatda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Qozog‘istonning xalqaro hamkorlik doirasida horijiy davlatlar bilan o‘rnatgan aloqalari va ulardan ko‘zlangan maqsad, shuningdek, mamlakatdagi oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyati va u yerda kursantlarning zamonaviy bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdi. Ekranda namoyish etilgan videorolik va slaydlar ma’ruzachining fikrlarini yanada boyitdi.

Qozog‘iston Respublikasida tashkil qilingan mudofaa sanoat kompleksi faoliyati to‘liq aks ettirilgan film harbiy sanoatga hissa qo‘shayotgan institutlar, zavodlar haqida ma’lumot berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют