» » Putin kompyuter grafikasi yordamida Rossiyaning yangi jangovar raketalarini namoyish etdi (video)

Putin kompyuter grafikasi yordamida Rossiyaning yangi jangovar raketalarini namoyish etdi (video)


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Federal majlisga murojaat chog‘ida ikkita yangi jangovar raketani namoyish etdi. Ulardan biri “Sarmat” deb nomlangan bo‘lib, allaqachon sinovdan o‘tkazilgan va raketaga qarshi mudofaa tizimi bilan jihozlangan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Ikkinchi raketaga hali nom berilgani yo‘q. Prezidentning takidlashicha, bunday qurol hali hech kimda yo‘q. Uning qo‘shimcha qilishicha, vaziyat o‘zgargan vaqtda, boshqa biror “yangi narsa” o‘ylab topiladi. Nomlanmagan raketa harakatning cheklanmagan radiusiga va oldindan aytib bo‘lmaydigan parvoz trayektoriyasiga ega.

Putin: #Sarmat system has virtually no range limit and will be able to attack across both the South and North Poles https://t.co/2OzZEAnh46 pic.twitter.com/C8AAhoJQr8

— RT (@RT_com) March 1, 2018

Ikkala raketa ham gipertovushli va qit’alararo bo‘ladi. “Sarmat” kompleksining vazni 200 tonnani tashkil qiladi va “Satana”ning o‘rniga keladi. U ko‘proq jangovar kallakni masofada cheklovsiz olib bora oladi. U dunyodagi eng kuchli qit’alararo raketa bo‘ladi.

Putinning ta’kidlashicha, endi Rossiya bilan hisob-kitob qilish kerak bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 00:29)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют