» » AQShda rossiyalik ayol chizkeyk yordamida qotillik qilganlikda ayblandi

AQShda rossiyalik ayol chizkeyk yordamida qotillik qilganlikda ayblandi


Nyu-York prokuraturasi rossiyalik Viktoriya Nasirova ismli ayolga nisbatan qotillik qilishga urinish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Nasirova o‘z tanishini chizkeyk yordamida zaharlashga uringan va yegulikka fenazepam dorisini qo‘shgan. Hech narsadan bexabar tanish ayol desertni yegach, o‘zini yomon his qila boshlagan va hushidan ketgan. Shundan so‘ng ayblanayotgan ayol tanishining shaxsiy buyumlari va hujjatlarini o‘g‘irlagan va g‘oyib bo‘lgan.

Jabrlanuvchi ertasi kuni o‘z uyida hushiga kelgan. Uning atrofida tabletkalar sochilgan edi. Nasirova shu tariqa uning o‘z joniga qasd qilishini sahnalashtirmoqchi bo‘lgan. U politsiyaga xabar bergan va hushini yo‘qotguniga qadar Nasirova bilan o‘z uyida bo‘lganini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют