» » Sergey Shoygu Su-57 samolyotining Suriyadagi muvaffaqiyatli sinovlari haqida gapirib berdi

Sergey Shoygu Su-57 samolyotining Suriyadagi muvaffaqiyatli sinovlari haqida gapirib berdi


Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Su-57 qiruvchi samolyotlari Suriyada ikki kunlik sinovlarda qatnashganini tasdiqladi, deb yozadi “Kommersant”. U sinovlar muvaffaqiyatli kechganini va samolyotlar bir hafta avval uyga qaytganini ta’kidladi.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Suriyaga faqat ikkita qiruvchi yuborilgan. “Ularga laboratoriya samolyotlar, va qurol ishining barcha parametrlarini kuzatib borgan samolyotlar hamrohlik qildi”, — deya aniqlik kiritdi u.

Internetda tarqalgan va beshinchi avlod qiruvchilari aks etgan deb da’vo qilingan sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni izohlar ekan, Shoygu “hozir 95-yil emasligini — bunday samolyotlar hech qachon birga turmasligi”ni aytdi. Mudofaa vaziri samolyotlar shuncha vaqtdan buyon yashirin saqlanganligini qayd etdi.

Avvalroq sinov dasturlari doirasida Su-57 ning ilk ikkita namunasi fevral oxirida Suriyaga yuborilganligi xabar berilgan edi. Keyinroq Xmeymim aviabazasiga yana ikkita Su-57 yetib kelgani ma’lum qilindi, shuningdek, ular aks etgan deb taxmin qilingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari ham e’lon qilindi.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, beshinchi avlod Su-57 qiruvchilari sinovining to‘liq sikli 2018-yilda yakunlanishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют