» » O‘zbekiston Superligasi start oldi. Amaldagi chempion yirik g‘alaba bilan boshladi, vitse-chempion “Nasaf” esa Farg‘onada ochko yo‘qotdi

O‘zbekiston Superligasi start oldi. Amaldagi chempion yirik g‘alaba bilan boshladi, vitse-chempion “Nasaf” esa Farg‘onada ochko yo‘qotdi


Kecha — 1-mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bellashuvlari rasman start oldi.

Chempionatning birinchi o‘yinida mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” Navoiyda “Qizilqum” ustidan yirik g‘alabaga erishdi — 3:0. O‘tgan mavsum to‘purari Marat Bikmayev mavsumning ilk goliga mualliflik qildi.

“Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Lokomotiv” ketma-ket 9 ta o‘yindan buyon “Qizilqum”ni taslim qiladi. Shularning so‘nggi 7 tasida Navoiy klubi “temiryo‘lchilar” darvozasiga yo‘l topa olmagan. Oxirgi 6 ta o‘yinda esa Marat Bikmayev raqib darvozasiga gol urgan.

Kunning ikkinchi o‘yini Farg‘onada o‘tib, “Neftchi” Qarshining “Nasaf” klubini qabul qildi. Mazkur bellashuvni MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov ochib berdi.

Vitse-chempionga qarshi saf tortgan “Neftchi” futbolchilari 0:0 hisobida durang o‘ynashga erishdi. Uchrashuvdan keyin farg‘onaliklar ustozi Sergey Kovshov durangdan xursand ekanini, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev esa natijadan ko‘ngli to‘lmaganini qayd etib o‘tdi.

O‘zbekiston Superligasi

1-tur bellashuvlari

1-mart, payshanba

Gollar: Marat Bikmayev, 33 (0:1). Ikrom Aliboyev, 57 (0:2). Sardor Mirzayev, 90 (0:3).

2-mart, juma

“Paxtakor” — “So‘g‘diyona” 20:00

3-mart, shanba

“Buxoro” — “Qo‘qon-1912” 18:00

“Bunyodkor” — AGMK 20:00

4-mart, yakshanba

“Metallurg” — “Navbahor” 15:30



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют