» » Yashirincha tinglovchi virus tufayli Android-smartfonlar xavf ostida qoldi

Yashirincha tinglovchi virus tufayli Android-smartfonlar xavf ostida qoldi


Mutaxassislar Android platformasidagi qurilmalarga hujum qiluvchi, yashirincha tinglaydigan yangi virus paydo bo‘lganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

RedDrop nomli dastur qurilma atrofida yuz berayotgan barcha hodisalarni diktofonga yozib oladi va audioni fayllar bilan ayirboshlash xostingiga yuklab qo‘yadi. Bundan tashqari, virus sezdirmasdan foydalanuvchini pulli mobil servislarga obuna qilishi va smartfonga boshqa zararli dasturlarni o‘rnatishi mumkin.

RedDrop Android uchun mo‘ljallangan 50 dan ortiq xalqaro mobil dasturlar tarkibida aniqlangan, ular orasida grafik redaktorlar, kalkulyatorlar, ko‘ngilochar va ta’lim dasturlari bor.

Bunday virus bilan zararlanmaslik uchun mutaxassislar dasturlarni faqat rasmiy do‘konlardan yuklab olishni tavsiya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют