» » Koreyaga ketish uchun o‘tkaziladigan test sinovi vaqti va joyi ma’lum bo‘ldi

Koreyaga ketish uchun o‘tkaziladigan test sinovi vaqti va joyi ma’lum bo‘ldi


Koreyaning Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan koreys tilidan test sinovlarida qatnashuvchilar ro‘yxati, manzili, sanasi va vaqti to‘g‘risida e’lon berildi, deb yozadi UzNews.

2018-yil 5—16 mart kunlari quyidagi tartibga asosan test sinovlari o‘tkaziladi:

— Test sinovlari Toshkent shahar Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasi 3-uy (Mo‘ljal: Elektroapparat zavodi), Toshkent shahar Olmazor tumani Qamarniso ko‘chasi 1-uy (Mo‘ljal: “Beruniy” to‘yxonasiga yetmasdan Politexnika kasb-hunar kolleji binosi yonida) kompyuterda elektron shaklda o‘tkaziladi.

— Testning davomiyligi 4 ta bosqichda o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, soat 08:20, 09:30, 12:30, 13:50 da imtihonlar boshlanadi.

— Test sinovlari va “Bandlikka ruxsat berish tizimining koreys tilidan test sinovlari” mezonlari o‘qish va eshitish kabi toifalarga ajratilgan bo‘lib, savollar soni jami 40 tadan iborat, javoblar ball tizimida va 100 ballik tartibda baholanadi. 50 daqiqa vaqt oralig‘ida test sinovlari bajaruvchilari berilgan savollarga javob berishi kerak bo‘ladi.

— Test sinovlariga kiruvchilar testga kirish uchun ruxsatnoma, pasport va uning rangli nusxasini o‘zlari bilan olib kelishi shart qilib belgilangan.

— Agarda nomzod pasporti bilan kelmasa, u holda test sinovlariga kiritilmaydi.

Birinchi bosqich test sinovlari javoblari 2018-yil 21-mart kuni www.migration.uz yoki eps.go.kr, epstopik.hrdkorea.or.kr veb-saytlari orqali e’lon qilinadi.

Ma’lumot olish uchun Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining quyidagi telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin: 0371-202-33-44, 0371-202-33-55, 0371-202-33-66, 0371-202-33-99



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют