» » Ohangaronda mast haydovchi YPX inspektorini tosh bilan urdi

Ohangaronda mast haydovchi YPX inspektorini tosh bilan urdi


Toshkent viloyatining Ohangaron tumani, Mamayqo‘rg‘on mahallasi hududida viloyat IIB YHXB YPX inspektori B.Sayfiddinov J.Madaliyev boshqaruvidagi VAZ-21011 rusumli mashinani to‘xtatdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

YPX inspektori J.Madaliyevdan avtomobil hujjatlarini so‘raganida u xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmadi va hujjatlarni taqdim etmadi.

Shundan so‘ng B.Sayfiddinov haydovchini Olmaliq shahrida joylashgan tibbiy ekspertiza markaziga mastlik holatini qayd etish uchun uning mashinasida olib boradi. Yo‘lda J.Madaliyev inspektordan  chetga to‘xtatishni so‘raydi. Keyin esa inspektorning orqa tomonidan kelib, tosh bilan urib jarohat yetkazadi va voqea joyidan yashirinadi.

YPX inspektoriga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ko‘rilgan choralar natijasida J.Madaliyev qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют