» » Shanxayda ilk bor “aqlli” avtomobilni jamoat yo‘lida sinovdan o‘tkazishga ruxsat berildi

Shanxayda ilk bor “aqlli” avtomobilni jamoat yo‘lida sinovdan o‘tkazishga ruxsat berildi


Shanxay hukumati avtomobil ishlab chiqaruvchilarga “aqlli” avtomobillarni jamoat yo‘llarida sinovdan o‘tkazish uchun birinchi uchta ruxsatni taqdim etdi. Shu tariqa haydovchisiz avtomobillarning yo‘llarda harakatlanishi qonuniy bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ikkita ruxsatnoma Shanxayning SAIC Motor kompaniyasi, uchinchisi esa elektromobillarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi Nio startapiga berildi.

Ruxsatnoma operatorlarga aqlli avtomobillarni sinovdan o‘tkazish uchun sinov zonasiga aylangan Szyadin tumanidagi 5,6 kilometr jamoat yo‘lidan foydalanish imkonini beradi.

Shanxay rasmiylari haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazish uchun yanada ko‘proq shahar yo‘llarini ochishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют