» » Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro aeroportida “Mangold Consulting” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro aeroportida “Mangold Consulting” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi


Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportida Germaniyaning Mangold Consulting kompaniyasi boshqaruvi raisi Klaus Mangold bilan uchrashdi, deb xabar berdi Prezident matubot xizmati.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani alohida ta’kidladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Germaniyaning MAN, Claas, Lemken, Knauf kabi o‘z sohasida yetakchi bo‘lgan konsern va korxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Siemens, Bosch, Viessmann, Humana va ko‘plab boshqa kompaniyalar bilan birgalikda istiqbolli investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. Germaniyadan O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 1 milliard dollarini tashkil etadi.

Uchrashuvda Germaniya kompaniyalari bilan O‘zbekistonda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalarini ochish, transport-logistika va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, savdo-sotiq va qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mangold Consulting kompaniyasiga raislik qilish bilan birga turizm sohasida eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan TUI group kuzatuv kengashining rahbari sanaladigan Klaus Mangold O‘zbekiston Prezidentiga muloqot qilish imkoniyati hamda Germaniya ishbilarmon doiralarining O‘zbekistondagi loyihalari va takliflariga ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli biznes-sheriklikdan g‘oyat manfaatdor ekanini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют