» » Toshkent yo‘llaridagi 100 ga yaqin “To‘xtash taqiqlangan” belgisi olib tashlandi

Toshkent yo‘llaridagi 100 ga yaqin “To‘xtash taqiqlangan” belgisi olib tashlandi


Toshkent shahar IIBB YHXB poytaxt yo‘llaridagi 100 ga yaqin “To‘xtash taqiqlangan” belgisini olib tashladi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB bo‘limi katta muhandisi, mayor Baxtiyor G‘ofurovning so‘zlariga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Shaharda to‘xtash taqiqlanganini anglatuvchi belgilarning ko‘pligi haydovchilar noroziligiga sabab bo‘layotgan edi, deyiladi xabarda.

“O‘z kuchini yo‘qotgan va o‘rnatilishiga ehtiyoj zarur bo‘lmagan yo‘l belgilari olib tashlanmoqda. Ish hali nihoyasiga yetmadi. Yo‘l belgilarini hatlash yana ma’lum muddat davom etadi”, — deydi Baxtiyor G‘ofurov.

Hozirda “To‘xtash taqiqlangan” belgisi zarur joylarda “To‘xtab turish taqiqlangan” belgisi bilan almashtirilmoqda.

Mavzuga doir: “To‘xtash taqiqlangan” shahardan “To‘xtab turish taqiqlangan” shaharga aylanayotgan Toshkent



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют