» » Aka-uka Vaynshteynlarning kompaniyasi yarim milliard dollarga sotildi

Aka-uka Vaynshteynlarning kompaniyasi yarim milliard dollarga sotildi


Aka-uka Xarvi va Robert Vaynshteynlar tomonidan asos solingan Weinstein Co. prodyuserlik kompaniyasi investorlar guruhiga sotildi, deb yozadi Meduza.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, kompaniyaning yangi sohiblari Weinstein Co.ning 225 million dollar miqdoridagi qarzini o‘z zimmasiga oladi va kompaniyaga 275 million dollar kiritish majburiyatini oladi.

Weinstein Co.ni xarid qilgan investorlar guruhiga AQSh prezidenti ma’muriyatining kichik biznes masalalari bo‘yicha boshqarmasining sobiq rahbari Mariya Kontreras-Svit va milliarder Ron Berkl boshchilik qiladi.

The Wall Street Journal’ning ta’kidlashicha, shartnoma oxirgi lahzaga qadar so‘roq ostida edi. 25-fevral kuni kompaniya investorlar bilan kelishuvga erishilmaganligi va u bankrotlik jarayoniga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют