» » “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Nuroniy” jamg‘armasi faollari to‘y-hashamlar masalasida O‘zbekiston fuqarolariga murojaatnoma yo‘lladi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Nuroniy” jamg‘armasi faollari to‘y-hashamlar masalasida O‘zbekiston fuqarolariga murojaatnoma yo‘lladi


Respublika ,“Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Nuroniy” jamg‘armasi faollari O‘zbekiston fuqarolariga murojaatnoma yo‘lladi. Murojaatnoma to‘liq holda O‘zAda taqim etildi.

Murojaatnomada to‘ylar, oilaviy tantanalar, marhumlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, atrofda yashayotgan odamlarning hol-ahvolini inobatga olmaslik, urf-odat va an’analarni mensimaslik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish masalalari ko‘tarilgan.

“Pul topib, aql topmagan, ma’naviy saviyasi past ayrim kimsalar, ayniqsa, oyog‘i yerdan uzilgan ba’zi mansabdorlar bu borada axloq-odob mezonlarini unutib, o‘zlarining jamiyatdagi mavqeini, boyligini ko‘rsatib qo‘yish kabi xudbin maqsadlarni ko‘zlamoqda.

To‘y-hashamlar bilan bog‘liq ortiqcha sarf-xarajatlar minglab oilalarning moddiy ahvoli yomonlashuviga, ularning qarz va g‘am-tashvish botqog‘iga botishiga, eng xavflisi, jamiyatimizda qaror topgan ma’naviy muhitni buzishga olib kelmoqda.

Har birimiz o‘z hududimizda to‘y va ma’rakalar, oilaviy marosim va boshqa tadbirlarning o‘tkazilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda faol ishtirok etaylik. Bu borada targ‘ibot va tushuntirish ishlari samaradorligi va ta’sirchanligini yanada kuchaytiraylik”, — deyiladi murojaatnomada.

Shuningdek, oilaviy tadbirlarda san’atkorlar qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishi va shu tartibga qat’iy rioya qilishi so‘ralgan. Bu orqali ularning mas’uliyatini yanada oshirish, o‘zbek ma’naviyatiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan kuy-qo‘shiqlar, raqs va boshqa chiqishlarning oldi olish maqsad qilingan.

“Bunday tadbirlarni o‘tkazishda haddidan oshgan kimsalarni – ularning mavqei va lavozimidan qat’iy nazar – mahalla fuqarolar yig‘iniga taklif etib, obro‘-e’tiborli kishilar, imom-xatiblar, keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilib, maslahat berib, to‘g‘ri yo‘lga solaylik”, — deya ta’kidlanadi murojaatnomada.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют