» » “Mahalla” fondi Toshkent shahrida sunnat to‘yi o‘tkazilgan 120 nafar bolaga 1 mln so‘mdan to‘yona qildi

“Mahalla” fondi Toshkent shahrida sunnat to‘yi o‘tkazilgan 120 nafar bolaga 1 mln so‘mdan to‘yona qildi


O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi 2016-yilda poytaxtda yashovchi ehtiyojmand oilalarning 186 tasiga turli to‘y marosimlarni o‘tkazishga yordam berdi. Bu haqda 28-martda Toshkent shahar hokimiyatida O‘zbekiston Prezidentining 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Jamoat fondi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yilda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 120 nafar o‘g‘il bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi. Ular uchun omonat banklarida hisob ochilib, har biriga bir million so‘mdan, jami 120 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют