» » O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “raqamli”ga aylanadigan bank o‘ziga barcha yoshlarni jalb etishi mumkin

O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “raqamli”ga aylanadigan bank o‘ziga barcha yoshlarni jalb etishi mumkin


O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “raqamli”ga aylanadigan bank o‘ziga barcha yoshlarni jalb etishi mumkin. O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori Saydullo Abdullayev shunday fikr bildirdi, deb xabar beradi Spot.

“Buning uchun barcha biznes-jarayonlarni raqamli ko‘rinishga o‘tkazish, yoshlarga ularning ko‘nikma va talablariga javob beradigan xizmatlarni taqdim etish zarur. Bu trendni tushunmaydigan bank muammolarga duch keladi va zamondan ortda qolib ketadi. Raqamlashtirish haqida gapirish yetarli emas, hozirning o‘zida buni joriy etishga kirishish kerak”, — dedi Saydullo Abdullayev.

Assotsiatsiya bosh direktoriga ko‘ra, buning uchun turli kompaniya va muassasalar ishtiroki talab etiladi. Jumladan, akseptlarni onlayn amalga oshirish uchun mamlakat qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 22:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют