» » Gretsiya poytaxtida anarxistlar shahar markazidagi do‘konlarga hujum qilmoqda

Gretsiya poytaxtida anarxistlar shahar markazidagi do‘konlarga hujum qilmoqda


Gretsiya poytaxtida anarxistlar shahar markazidagi do‘konlarni vayron qilmoqda. Politsiya ko‘chalarga qo‘shimcha 200 nafar xodimni olib chiqdi, deb xabar beradi  “Korrespondent.net”.

18 nafar yigit bolg‘a va temir to‘qmoqlar bilan Afina markazidagi do‘konlarga hujum qildi va ularga jiddiy zarar yetkazdi. Bu joriy haftadagi ikkinchi shunday hodisa bo‘lib, ularda hech kim  jabrlanmadi.

Anarxist guruhlar a’zolari sobiq bosh vazir Lukas Papademosga suiqasdda gumonlanuvchini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hujumlarga qo‘l urmoqda.

O‘tgan yili 70 yoshli Papademos mashinada unga qoldirilgan paketni ochib, jiddiy jarohatlangandi. Buni 29 yoshli erkak amalga oshirgani gumon qilinmoqda. U qamoqqa olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют