» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston hududida tranzit qilish tartibini soddalashtirishga qaratilgan farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston hududida tranzit qilish tartibini soddalashtirishga qaratilgan farmonni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat hududida tranzitni amalga oshirish tartibini soddalashtirishga qaratilgan farmonni imzoladi. Mazkur hujjat loyihasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Farmonga muvofiq, 2018-yilning 1-martidan boshlab O‘zbekiston hududidan aksiz solig‘iga tortiladigan mahsulotlarni avtomobil va temiryo‘l orqali tranzit qilish uchun Vazirlar Mahkamasidan ruxsatnoma olish tartibi bekor qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston hududida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini tranzit qilish uchun mamlakat bojxona organlarining depozit hisob varag‘iga tegishli to‘lovlarni amalga oshirib, mahsulot O‘zbekiston hududidan chiqib ketgach, pulni qaytarish tartibi ham bekor qilindi.

Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, mazkur o‘zgarishlar O‘zbekiston hududi orqali tranzitni amalga oshirish tartibini sezilarli darajada soddalashtirish va transport qatnovi hajmini yanada ko‘paytirishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют