» » Tramp shifokor tavsiyasiga ko‘ra fastfuddan voz kechdi

Tramp shifokor tavsiyasiga ko‘ra fastfuddan voz kechdi


AQSh prezidenti Donald Tramp davolovchi shifokorining tavsiyasidan so‘ng to‘g‘ri ovqatlanish tarziga o‘tdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Trampning parhezi uning sevimli mahsuloti bo‘lgan fastfuddan voz kechib, sog‘lom oziq-ovqat iste’mol qilishdan iborat ekanligi ta’kidlanmoqda. Manbalardan birining agentlikka ma’lum qilishicha, u oxirgi marta Trampni gamburger bilan ikki hafta avval ko‘rgan.

Yanvar oyida Amerika prezidentining davolovchi shifokori Roni Jekson uning vaznini o‘lchadi va yog‘, uglevodni kamroq iste’mol qilish, shuningdek, mashqlarni muntazam bajarishni tavsiya qildi. Trampning vazni 108,4 kilogramm bo‘lib, bu semirish xastaligi profilaktikasi va nazorat qilish markazi tomonidan belgilangan chegaradan atigi bir funtga (400 gramm) kam.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...