» » Oq uy bosh shifokori: Trampning aqliy qobiliyati bilan bog‘liq muammolar yo‘q

Oq uy bosh shifokori: Trampning aqliy qobiliyati bilan bog‘liq muammolar yo‘q


Oq uy bosh shifokori Ronni Jekson jurnalistlarga Trampning salomatligi “a’lo darajada” ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “MK.ru”. Ammo muxbirlar prezidentning bosh miyasi bilan bog‘liq muammolar yoki demensiya (aqli zaiflik) belgilari bor yoki yo‘qligi haqida savollar bera boshladi.

“Trampda miyaga aloqador muammolar borligini ko‘rsatuvchi belgilar yo‘q. Tramp o‘z fikrlarini a’lo darajada bayon etadi, uning ongi o‘tkir”, — dedi bosh shifokor.

Jeksonning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning ruhiy holatini ko‘rikdan o‘tkazish dastlab rejalashtirilmagan, ammo Trampning o‘zi uni o‘tkazishni talab qilib turib olgan. Jekson, shuningdek, AQShning 45-prezidenti sog‘lom va g‘oyatda serg‘ayrat ekanligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют