» » O‘zbekistonda ilk bor harbiy teatr — “Turon” tashkil etildi

O‘zbekistonda ilk bor harbiy teatr — “Turon” tashkil etildi


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida ilk bor harbiy teatr-studiyasi — “Turon” tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi ilk teatr truppasi 1913-yilda Abdulla Avloniy badiiy rahbarligi ostida Toshkentda ochilgan bo‘lib, uning nomi ham “Turon” bo‘lgan.

Mudofaa vazirligi qoshida tashkil etilgan mazkur teatr studiyasi nafaqar harbiylar va ularning oilasiga, balki barcha fuqarolar uchun birdek xizmat ko‘rsatadi. 100—120 kishiga madaniy hordiq ulashuvchi “Turon” teatri tarkibidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktyorlar Saida Rametova va Karim Mirxodiyev, taniqli kino va teatr aktyori, rejissor Sayfiddin Meliyev, Feruza Sobitova, Elmira Rahimjonova kabi o‘zbek xalqining sevimli ijodkorlari joy olgan.

“Turon” teatri o‘zining ilk premyerasini 8-martdan keyin “Jaloliddin Manguberdi” spektakli orqali ochishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari aynan shu spektakl bilan teatr aktyorlari O‘zbekiston bo‘ylab gastrol safarlarini uyushtiradi. Shu bilan birga, teatr repertuaridan “Bibixonim”, “To‘maris”, “Bir kunlik baxt” singari spektakllar ham o‘rin olgan.

Gastrol safarlari ro‘yxati:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют