» » MC Doni O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shadi (video)

MC Doni O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shadi (video)


MC Doni taxallusi bilan tanilgan rep-ijrochi Dostonbek Islomov O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shish niyatida. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Xonanda Buxoroda “Jin” qo‘shig‘iga klip olishga kirishdi. Video Sharq ertagi uslubida olinishi rejalashtirilgan.

Suratga olish ishlari Yoshlar ittifoqi va Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi ko‘magida bo‘lib o‘tmoqda. Klip Buxoroga sayyohlarni jalb etishga turtki berishi kutilmoqda. Unda qadimiy shahar ko‘rinishlari o‘z aksini topadi.

Ma’lumot uchun, Dostonbek Islomov 1985-yilda Toshkentda tug‘ilgan, bolalik yillari Farg‘onada kechgan. Moskvada ko‘chib o‘tib quruvchi, qo‘riqchi, farrosh bo‘lib ishlagan, dijeylik bilan shug‘ullangan. Timati bilan birgalikda yozilgan “Soqol” klipidan so‘ng tanildi. Hozirda Black Star leybli bilan hamkorlik qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют