» » Dunyodagi eng yirik yo‘lovchi samolyotining bo‘ron vaqtidagi qo‘nishini videoga tushirishdi (video)

Dunyodagi eng yirik yo‘lovchi samolyotining bo‘ron vaqtidagi qo‘nishini videoga tushirishdi (video)


Internetda Emirates kompaniyasiga tegishli A380-800 samolyotlarining 1 va 2-mart kunlari Birmingem aeroportiga qo‘nishi aks etgan video paydo bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Rolikka berilgan ta’rifda aytilishicha, laynerlarning qo‘nishini nafaqat kuchli shamol, balki qo‘nish yo‘lagidagi shilta loy ham qiyinlashtirgan. Uchuvchilarga kuchli qor ham xalal bergan.

So‘nggi haftalarda Yevropada sovuq front hukmronlik qilmoqda, uni mahalliy matbuotda “Sharqdan kelgan vahshiy” deb atashmoqda. Ob-havo sharoitlarini Britaniyada antisiklonning “Emma” atlantik bo‘roni bilan to‘qnashuvi ham qiyinlashtirmoqda.

Airbus A380 dunyodagi eng yirik yo‘lovchi samolyoti hisoblanadi. U 15 ming kilometrdan ortiq masofalarga qo‘nmaydigan parvozlarni amalga oshirishga va 853 nafargacha yo‘lovchini sig‘dirishga qodir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют