» » AQSh aviatashuvchisi Vyetnamga urush tugaganidan keyin birinchi marta kirib keldi

AQSh aviatashuvchisi Vyetnamga urush tugaganidan keyin birinchi marta kirib keldi


AQSh harbiy dengiz kuchlarining Carl Vinson atom aviatashuvchisi boshchiligidagi jangovar kemalari zarbdor guruhi 5-mart, dushanba kuni Vyetnamning Danang portiga tashrif bilan yetib keldi, deb yozadi “TASS”. Eskadra tarkibiga, shuningdek, Wayne E. Meyer raketa esminetsi va Lake Champlain raketa kreyseri ham kirdi.

Bu Vyetnam urushi tugaganidan buyon, Amerika aviatashuvchisining Vyetnamga birinchi marta kirishidir, deya ma’lum qildi Vyetnam tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili. U tashrif “ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlab, mintaqada tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik, hamkorlik va taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash”ga qaratilganligini aytdi.

Amerikalik harbiy xizmatchilar Danang shahar rahbariyati va Vyetnam armiyasining 3-harbiy-dengiz tumani qo‘mondonligi bilan uchrashadi, seminarlar, xayriya aksiyalari va sport tadbirlarida qatnashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют