» » AQSh HDK avianosetsi urush tugagandan buyon ilk bor Vyetnamga keladi

AQSh HDK avianosetsi urush tugagandan buyon ilk bor Vyetnamga keladi


AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Carl Vinson atom avianosetsi boshchiligidagi zarba berish guruhi mart oyida Vyetnamdagi Danang portiga tashrif buyuradi. Bu masala ikki mamlakat tomonidan to‘liq kelishilgan. Bu haqda 19-fevral, dushanba kuni Yaponiyaning Nikkei gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

AQSh atom avianosetsi Vyetnamda 1975-yilda urush yakunlanib, amerikalik harbiylar u yerdan evakuatsiya qilingandan so‘ng ilk bor mamlakatga kiradi.

Hozirgi paytda Carl Vinson boshchiligidagi zarba guruhi Filippinga tashrif bilan borgan. Shundan so‘ng u Pekinga bosim o‘tkazish uchun Janubiy Xitoy dengizida patrul qilishi kutilmoqda.

Carl Vinson’ning Vyetnamga kirishi ushbu mamlakatning AQSh bilan yaqinlashuviga urg‘u berish va ularning XXRni tiyib turish uchun xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют