WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Janubiy Koreya AQSh bilan qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda
Janubiy Koreya AQSh bilan qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda
Janubiy Koreya va AQSh Koreya yarimorolidagi vaziyat keskinlashgan sharoitda Amerika Carl Vinson atom aviatashuvchisi ishtirokida qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish ehtimolini muhokama qilmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya hukumatiga tayanib, Yonhap agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Hozirgi paytda har ikkala tomon o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulotlar bo‘yicha maslahatlashuvlar olib borilmoqda”, — deydi Koreya Respublikasi Milliy mudofaa vazirligi matbuot kotibi. U boshqa tafsilotlarni keltirmagan.
Hozirda Sharqiy Osiyo suvlarida AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Carl Vinson va Ronald Reagan aviatashuvchilari boshchiligidagi ikki zarba berish guruhi mavjud.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!