» » AQShning Carl Vinson avianosetsidan uchirilgan qiruvchilari KXDRga ikki soatda yetib bora oladi

AQShning Carl Vinson avianosetsidan uchirilgan qiruvchilari KXDRga ikki soatda yetib bora oladi


Amerikaning Koreya yarim oroliga joylashtirilgan Carl Vinson avianosetsidan uchirilgan bombardimonchi-qiruvchi samolyotlar KXDR hududiga taxminan ikki soatda yetib borishga qodir. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari Tinch okeani qo‘mondonligi boshlig‘i Xarri Xarris ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Carl Vinson boshchiligidagi avianosets zarbdor guruhi “bugungi kunda Okinavadan sharqroqda Filippin dengizida turibdi” va “Shimoliy Koreya, shunday buyruq beriladigan bo‘lsa, yetib boriladigan joyda”.

Harbiy boshliq ushbu guruh samolyotlari KXDRgacha yetib borishi uchun taxminan ikki soat zarur bo‘lishini aytdi. Shu bilan birga, admiral ushbu qiruvchilar Carl Vinson avianosetsi bortiga qaytib kelishi uchun havoda qo‘shimcha yoqilg‘i bilan to‘ldirilishi kerak bo‘lishini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют