» » O‘zbekiston benzin narxi bo‘yicha xalqaro reytingda 39-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston benzin narxi bo‘yicha xalqaro reytingda 39-o‘rinni egalladi


Global Petroleum Prices xalqaro reyting agentligi har bir mamlakatdagi benzin narxidan kelib chiqib, dunyo davlatlari reytingini tuzdi.

Ro‘yxatda Venesuela yetakchilik qildi, u yerda benzin narxi atigi 1 sentga teng. Keyingi o‘rinlarda — Sudan (34 sent), Kuvayt (35), Eron (36), Misr va Jazoir (37 sentdan).

Reytingning eng pastki o‘rinlarini Islandiya (benzinning narxi balandligi bo‘yicha yetakchi — 2,08 dollar), Gonkong (2,02) va Norvegiya (2 dollar) band etdi.

2018-yil 26-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston 96 sent narx bilan ro‘yxatning 39-pog‘onasida joylashdi. Mintaqaning boshqa mamlakatlari reytingda balandroq pog‘onalarni egalladi: Turkmaniston — 7-o‘rin (43 sent), Qozog‘iston — 14-o‘rin (55 sent), Qirg‘iziston — 19-o‘rin (65 sent). Tojikiston reytingga kiritilmadi.

Rossiya ro‘yxatning 28-o‘rnini band qildi (73 sent).

O‘rtacha olganda benzin narxi bir litri uchun 1,15 dollarga teng bo‘ldi.

Global Petroleum Prices aniqlik kiritishicha, narxlardagi farqlar turli mamlakatlar uchun benzin tannarxidan emas, har bir davlat bozoridagi soliqqa tortishning o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют