» » Shahram G‘iyosov prof ringdagi debyut jangini argentinalik charm qo‘lqop ustasiga qarshi o‘tkazishi aniq bo‘ldi

Shahram G‘iyosov prof ringdagi debyut jangini argentinalik charm qo‘lqop ustasiga qarshi o‘tkazishi aniq bo‘ldi


2017-yil boks bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov 10-mart kuni professional ringdagi ilk jangini o‘tkazadi.

Oldinroq Shahram G‘iyosov prof boksdagi ilk shartnomasiga imzo chekkani haqida aytilgandi. Endi u o‘z janglarini boks markazi AQShda o‘tkazadi.

10-mart kuni G‘iyosovga argentinalik Nikolas Velaskes raqiblik qiladi, deb yozdi “Olamsport”. Velaskes shu kunga qadar prof boksda 12 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 10 tasida raqiblaridan ustun kelgan va 2 ta jangda imkoniyatni boy bergan. Shahram uchun esa bu jang debyut bo‘ladi.

Rio—2016 Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov qatorida Murod Ahmadaliyev ham prof ringdagi debyut jangini aynan 10-mart kuni Amerikada o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют