» » O‘zbekiston va Qirg‘iziston IIV jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston IIV jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik masalalarini muhokama qildi


2-mart kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

“Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan vazirning birinchi o‘rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhamedov, qirg‘izistonlik hamkasblar tomonidan vazir o‘rinbosari, militsiya general-mayori Doniyor Abdikarov boshqardi”, — deyiladi xabarda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston va Qirg‘iziston ichki ishlar vazirliklari tomonidan umumjinoiy hatti-harakatlarga qarshi kurashish va qidiruv faoliyati sohasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, har ikki tomon ichki ishlar organlari bo‘linmalarining terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiya bo‘yicha ma’lumot almashinuvi borasidagi faoliyatining hozirgi kundagi holati va kelgusidagi istiqboli, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik holati, uni takomillashtirish yo‘llari muhokama etildi.

Ishtirokchilar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va belgilangan sohalarda tajriba almashish masalalari borasida fikrlashdi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, 2018—2019-yil uchun O‘zbekiston va Qirg‘iziston ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi protokol, shuningdek, yig‘ilish bayonnomasi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 7) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют