» » Superliganing ilk turini ko‘rish uchun 80 mingdan ko‘p ishqiboz keldi. “Bunyodkor” 2017-yildagi ko‘rsatkichini 1 ta o‘yinda qayd etdi

Superliganing ilk turini ko‘rish uchun 80 mingdan ko‘p ishqiboz keldi. “Bunyodkor” 2017-yildagi ko‘rsatkichini 1 ta o‘yinda qayd etdi


1-mart kuni start olgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining ilk turi 4-mart kuni yakuniga yetdi. Undan joy olgan jami 6 ta uchrashuvni umumiy hisobda 80 617 nafar tomoshabin kuzatib bordi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.

Superligada olib qolingan “Neftchi” ishtirokidagi o‘yinni ko‘rish uchun eng ko‘p muxlis keldi — 19 632 nafar. Bir yil avval farg‘onaliklar stadionga 8 117 nafar muxlis kelganida, to‘ppilarni tepaga otgandi. Endi esa o‘tgan yilgi rekord ikki barobar yaxshilandi.

“Bunyodkor” ham oldinga katta qadam tashlagan. 2017-yilgi mavsumda “Bunyodkor”ning 15 ta uy uchrashuviga jami 13 004 nafar tomoshabin kelgandi. Bu yil esa AGMKga qarshi o‘tgan 1-turning o‘zigayoq 12 475 ishqiboz kelgan.

1-turning faqatgina 1 ta o‘yiniga 10 mingdan kam odam keldi: “Metallurg” — “Navbahor”. O‘tgan yili Bekoboddagi stadion 15 ta uchrashuvda jami 15 653 muxlis yiqqandi. Bu yil bittagina o‘yinda shuning yarmi qayd etildi — 8 175.

Superliga

1-tur

Muxlislar tashrifi

“Neftchi” — “Nasaf” — 19 632

“Paxtakor” — “So‘g‘diyona” — 15 026

“Buxoro” — “Qo‘qon-1912” — 13 495

“Bunyodkor” — AGMK — 12 475

“Qizilqum” — “Lokomotiv” — 11 814

“Metallurg” — “Navbahor” — 8 175



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют