» » Toshkent shahrida “Ozodalik kunlari” o‘tkazilmoqda (foto)

Toshkent shahrida “Ozodalik kunlari” o‘tkazilmoqda (foto)


Toshkent shahar hokimining farmoyishiga ko‘ra, joriy yilning fevral-mart oylarida obodonlashtirish, tozalik oyligi hamda 24—25-fevral va 3—4, 10—11-mart kunlari “Ozodalik kuni” deb e’lon qilingan, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Obodonlashtirish, tozalik oyligi hamda “Ozodalik kuni”ni o‘tkazish bo‘yicha Toshkent shahar va tuman ishchi guruhlari tuzilgan bo‘lib, 2018-yil Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish arafasida poytaxtda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan “Ozodalik kuni” doirasida asosan mahallalar, aholi yashash joylari, ko‘p qavatli uylar va ularning atrofi, guzarlar, hiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, ariq-zovurlar, ko‘cha va yo‘laklar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltirildi.

“Xususan, poytaxtning Mirobod tumanidagi kichik halqa yo‘li atrofi tuman obodonlashtirish boshqarmasi, mahalla faollari ko‘magida tartibga keltirildi. Manzarali ko‘chatlar o‘tqazilib, anvoyi gullar ekildi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют