» » Shavkat Mirziyoyev irrigator bo‘lmaganida, shoir bo‘lardi (video)

Shavkat Mirziyoyev irrigator bo‘lmaganida, shoir bo‘lardi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Navoiy viloyatida tashrif bilan bo‘ldi. Tashrif davomida Prezident viloyatning Tomdi, Konimex, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahri faollari bilan uchrashgan.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan Konimex tuman qozoq milliy madaniy markazi rahbari Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan yaxshi qo‘shnichilik siyosati uchun minnatdorchilik bildirib, Prezidentning avvalgi uchrashuvlardan birida aytib o‘tgan: “Agar irrigator bo‘lmaganimda, shoir bo‘lardim”, degan gapini yodga olib o‘tgan. Shavkat Mirziyoyev bu fikrlarni yuzda tabassum bilan qabul qilgan.

Madaniy markaz rahbari o‘z so‘zi yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyevga bag‘ishlangan, o‘z ijodiga mansub she’r o‘qigan. Bu she’r “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” informatsion dasturida efirga uzatilgan Prezidentning Navoiy viloyatiga tashrifi haqidagi reportajga mantiqiy yakun yasagan.

Mavzuga doir: “Xalqim, quvon, boshingga mard, jasur sulton keldi!”. “Tahlilnoma”da konimexlik shoiraning Shavkat Mirziyoyevga o‘qigan she’ri eshittirildi (video)

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan, muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют