» » “Xalqim, quvon, boshingga mard, jasur sulton keldi!”. “Tahlilnoma”da konimexlik shoiraning Shavkat Mirziyoyevga o‘qigan she’ri eshittirildi (video)

“Xalqim, quvon, boshingga mard, jasur sulton keldi!”. “Tahlilnoma”da konimexlik shoiraning Shavkat Mirziyoyevga o‘qigan she’ri eshittirildi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Navoiy viloyatida tashrif bilan bo‘ldi. “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” haftalik informatsion dasturida tashrif tafsilotlari, Navoiy viloyatida Prezident o‘tkazgan uchrashuv va yig‘ilishlar haqida batafsil reportaj ko‘rsatildi.

Reportajda Tomdi tumanidagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabida Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari va Zarafshon shahri faollari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Konimex tumani qozoq milliy madaniy markazi rahbarining so‘zga chiqqanini ko‘rish mumkin. U o‘z nutqi yakunida o‘qigan she’r Prezidentning Navoiy viloyatiga tashrifiga bag‘ishlangan reportajning mantiqiy yakuniga aylangan.

Xalqim, quvon, boshingga

Sharaf keldi, shon keldi.

Daholardan dars olgan

Bilimdon inson keldi.

O‘zing suygan, tanlagan

Yaxshilarning yaxshisi,

Xalqim, yurtim deb yongan

Mard, jasur sulton keldi.

Ustozini ulug‘lab,

Xalqini qadrlagan,

O‘zbegimdek bag‘rikeng

Qadrdon o‘g‘lon keldi.

Ko‘p millatli xalqning

Tanlagan yo‘lboshchisi,

Oqilu dono, g‘amxo‘r,

Mehribon inson keldi.

Xalqim, quvon, mehnat qil,

Gullatib diyoringni.

Kelajakka yo‘l ochgan

Bugun zo‘r imkon keldi.

Tinchlik surar hukm,

Ozod elsan, shukr,

Sho‘x-shodon yasha xalqim,

Hurriyat zamon keldi.

Xalqim, quvon, boshingga

Sharaf keldi, shon keldi.

Daholardan dars olgan

Bilimdon inson keldi!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют