» » Shengen vizasini muammosiz taqdim etuvchi 5 ta mamlakat

Shengen vizasini muammosiz taqdim etuvchi 5 ta mamlakat


Sayohat qilish inson uchun eng zavqli va baxt ulashuvchi vosita ekanligiga har birimiz qo‘shilsak kerak. TravelAsk ortiqcha yelib-yugurishlarsiz Shengen vizasini taqdim etuvchi mamlakatlar beshligini taqdim etdi.

Ispaniya

Pasportingizda hech bo‘lmaganda bitta qisqa muddatli “shengen” bor bo‘lsa, mazkur mamlakatga yarim yillik yoki bir yillik viza ta’minlangan. Agar mamlakatga tashrifingiz davomida sayyohlar uchun qisqa muddatli ispan tili darslariga qatnashish istagini bildirsangiz elchixona sizga vizani odatiy qiymatining yarim narxiga taqdim etishi ham mumkin.

Italiya

Pasportingizda bitta qisqa muddatli “shengen” bo‘lgan taqdirda Italiya bir yillik viza taqdim etishga tayyor, agar ular bir nechta bo‘lsa, ikki yillik vizaga talabgor bo‘lishingiz mumkin.

Gretsiya

Gretsiya elchixonasi nafaqat tez ishlashi va tartibliligi, balki uch, hatto besh yilga vizalar berishga qodirligi bilan maqtovga loyiq.

Slovakiya

Slovakiya odatda birinchi murojaatingizdayoq yarim yillik yoki bir yillik “shengen”ni ma’qullashi mumkin.

Finlyandiya

Finlyandiya ham Shengen vizasini taqdim etishda saxiy mamlakatlardan biri hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют