» » O‘zbekistondan tranzit bilan o‘tayotgan turistlarga qisqa muddatli vizalar berish tartibi joriy etiladi

O‘zbekistondan tranzit bilan o‘tayotgan turistlarga qisqa muddatli vizalar berish tartibi joriy etiladi


Shavkat Mirziyeyov “Kirish turizmini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “Daryo”ning hukumatdagi manbalari ma’lum qildi.

Qarorda “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi doirasida qator choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, 2018-yil 1-mayidan tranzit bilan kelgan chet el fuqarolariga 72 soatga qisqa muddatli vizalar taqdim etish ko‘zda tutilmoqda. Bunda ularda uchinchi mamlakatga chiqish vizasi va aviachiptasi, shuningdek, konsullik to‘lovlarining amalga oshirilgani tekshirilishi lozim.

Bundan tashqari, bunday yo‘lovchilar qisqa muddatga aeroport zonasidan chiqib, tasdiqlangan turistik dasturlar asosida nazoratli tanishuv turini o‘tkazishi tartibi joriy etiladi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muhlat ichida ushbu bandni amalga oshirish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilishi lozim. Hujjatda, shu jumladan, fuqarolariga qisqa muddatli vizalar berilishi ko‘zda tutilgan mamlakatlar ro‘yxatini tasdiqlash ham nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют