» » O‘zbekiston harbiylari 8-mart munosabati bilan savdo markazlarida ayollarga gul va musiqa ulashdi (foto, video)

O‘zbekiston harbiylari 8-mart munosabati bilan savdo markazlarida ayollarga gul va musiqa ulashdi (foto, video)


8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston harbiylari barcha onalar, opa-singillarni o‘zgacha tabrikladi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi kursantlari, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri jamoalari bilan birgalikda poytaxtdagi bir necha savdo markazlarida bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi vakillari ma’lum qildi.

Samarqand Darvoza savdo majmuasi foyesidagi sho‘x kuy va qo‘shiqlar kundalik yumushlari bilan yugurib-yelib yurgan xaridorlarni birin-ketin bir joyga jamlay boshladi. Bir zumda tevarak odamlarga to‘ldi. Savdo majmuasining bolalar o‘yinlari pavilyonidan bir to‘p bolalar tushib keldi.

Boshlovchining 8-mart munosabati bilan qutlovi yig‘ilganlarning olqishlari bilan qarshi olindi. Keyin yana qo‘shiqlar yangradi.

Tabrik va kuy-qo‘shiqlardan boshi ko‘kka yetgan ayollar va qizlarga Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari gullar taqdim qildi.

Harbiylarning xotin-qizlar bayrami munosabati bilan o‘tkazgan aksiyasi Yunusobod tumanida joylashgan MegaPlanet savdo majmuasida ham bo‘lib o‘tdi.

Bunday tadbirlar butun mamlakat bo‘ylab davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 25) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют